AQSH va Isroil Erondagi operatsiyani yana kamida 2-3 hafta davom ettirishni rejalashtirmoqda
AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi yana kamida ikki-uch hafta davom etadi, deb xabar bermoqda “Axios” portali.
Nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Amerika yetakchisi Donald Tramp, ochiqchasiga ifodalangan aniq maqsadlar yoʻqligiga qaramay, operatsiyani davom ettirishga qaror qilgan.
Isroil hukumati AQSH prezidenti biror-bir bahona bilan Eron ustidan gʻalaba qozonilganini eʼlon qilib, kutilmaganda harbiy harakatlarni toʻxtatib qoʻyishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Harbiy harakatlar davomida AQSH asosiy eʼtiborni Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qaratishni maqsad qilgan. Bundan koʻzlangan muddat — davlat apparati faoliyatini zaiflashtirish va mamlakatda ommaviy namoyishlarni keltirib chiqarishdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring