AQSH Ukrainani 48 soat ichida Rossiya bosqini boshlanishidan ogohlantirdi — Newsweek

02:25 24 Fevral 2022 Dunyo
1157 0

Foto: todayuknews.com

AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya 48 soat ichida respublikaga keng koʻlamli bostirib kirishga tayyorlanayotgani haqida xabardor qildi, deya yozmoqda “Newsweek” AQSH razvedka xizmati vakillariga tayanib.

“Ukraina prezidenti AQSH razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya 48 soat ichida bosqinni boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirildi”, deydi AQSH rasmiylaridan biri.

AQSH maʼlumotlariga koʻra, bugun Rossiya razvedkachi samolyoti Ukraina havo hududini buzgan. Buni Zelenskiy maʼmuriyatiga yaqin manba tasdiqladi. Nashr suhbatdoshining qoʻshimcha qilishicha, bu bir oy ichida uchinchi shunday qoidabuzarlik hisoblanadi.

“Newsweek” nashriga boshqa manbaning aytishicha, Rossiya oʻzini oʻzi eʼlon qilgan Donesk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) hududiga qoʻshin kiritishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Moskva goʻyoki Kiyevga jiddiy zarba berish niyatida. Nashrning boshqa manbasiga koʻra, bu holatda operatsiya kiberhujumlardan boshlanadi. Buning ortidan tunga rejalashtirilgan quruqlik hujumi boshlanadi.

21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR suvereniteti tan olinishini eʼlon qildi. U tegishli farmonlarni, shuningdek, har ikki respublika bilan doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi federal hujjatlarni imzoladi. Hujjatlarga muvofiq, Rossiya DXR va LXR suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga yordam beradi, bu hududlarda tinchlikka tahdidni bartaraf etish va bosqinchilik harakatlariga qarshi kurashish uchun barcha mavjud choralarni koʻradi, dedi prezidentning rasmiy vakili, mudofaa vaziri oʻrinbosari Nikolay Pankov. 

22-fevral kuni Putin Federatsiya Kengashidan Rossiya Qurolli Kuchlaridan xorijda foydalanishga ruxsat oldi. Parlament yuqori palatasi raisi Valentina Matviyenko Rossiya tinchlikparvar kuchlari Donbassga yuborilishi mumkinligini qayd etdi. Oʻz navbatida, DXR rahbari Denis Pushilin hozircha respublikada rossiyalik harbiylar yoʻqligini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер