AQSH Ukrainaga “aqlli” bombalar yetkazib berishi kutilmoqda — WSJ

00:03 02 Fevral 2023 Dunyo
950 0

Foto: AP

Shu yilning 3-fevral kuni Amerika Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini eʼlon qilishi kutilmoqda. Ushbu paketga kichik diametrli GLSDB “aqlli” bombalar ham kiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri oʻz manbalarga tayanib xabar berdi.

Yaʼni, juma kuni eʼlon qilinishi mumkin boʻlgan AQSHning Ukrainaga harbiy yordamining navbatdagi partiyasi birinchi marta uzoq masofali aqlli bombalarni oʻz ichiga oladi.

GLSDB M270 va  M142 HIMARS yer usti raketa tizimlaridan uchiriladi. Ushbu turdagi qurol kichik diametrli bombani oʻzgartirish natijasida yaratilgan boʻlib, unga raketa dvigateli qoʻshilgan. Bomba 151,3 kilometr masofadagi nishonga aniq zarba bera oladi.

Oldinroq, “Bloomberg” AQSH Ukrainaga 2 milliard dollarlik uzoq masofaga uchuvchi artilleriya qurollarini yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер