AQSH Ukrainadagi saylovlar haqida maxfiy muzokara oʻtkazmoqda — “Politico”

16:08 06 Mart 2025 Dunyo
319 0

Arxiv foto

AQSH prezidenti Donald Tramp jamoasi Yuliya Timoshenko va Petr Poroshenko partiyasi aʼzolari bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda. AQSHning toʻrt nafar yuqori martabali diplomatlari Vladimir Zelenskiyning raqiblari bilan Ukrainada saylov oʻtkazish mavzusini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Politico” nashri uch nafar ukrainalik deputat va tashqi siyosat boʻyicha amerikalik ekspertga asoslangan holda yozyapti.

Nashrga koʻra, Trampning yordamchilari Ukrainaning amaldagi prezidenti ukrainaliklarning mojarodan charchashi va korrupsiyadan noroziligi sababli saylovda gʻalaba qozona olmasligiga amin.

“Amerika rasmiylarining pozitsiyasi shundan iboratki, AQSH Ukraina siyosatiga aralashmaydi, biroq Tramp va uning maʼmuriyatining xatti-harakatlari boshqacha «gapiradi”, — deya yozmoqda “Politico”.

Shuningdek, nashrda aytiladiki, saylovlarni oʻtkazish vaqtincha sulhga erishilgandan soʻng uzoq muddatli tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin reja qilingan.

Moskva ham Ukrainada prezidentlik saylovlarini oʻtkazishni talab qilmoqda. Timoshenko va Poroshenko janglar tugashidan oldin saylovlar oʻtkazilishiga qarshilik bildirgan. Shunday boʻlsada ular oʻzlarini Zelenskiy rozi boʻlmagan shartlarga rozidek koʻrsatishga harakat qilmoqda.

Ukraina siyosat instituti direktori Ruslan Bortnikning soʻzlariga koʻra, Ukraina siyosiy fraksiyalari Vashington bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish etish uchun norasmiy aloqalardan foydalanishga, Tramp jamoasi, Respublikachilar partiyasi bilan munosabatlarni oʻrnatishga harakat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер