AQSH tarixida birinchi marta tub amerikalik ayol vazirlikka tayinlandi

00:18 17 Mart 2021 Dunyo
999 0

Foto: Getty Images

AQSH Senati tub amerikalik Deb Xaalandni AQSH Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqladi. 

Bu haqda CNN Kongressning yuqori palatasidagi ovoz berish natijalariga asoslanib xabar bermoqda. Shu tariqa 60 yoshli Xaaland vazir etib tayinlangan birinchi tub amerikalik ayol boʻldi. 

Taʼkidlanishicha, u yerdan foydalanish masalalari bilan shugʻullanadi, shuningdek AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif qilingan iqlim oʻzgarishi siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Avvalroq siyosatchi hukumat va qabilalar oʻrtasidagi Tramp maʼmuriyati tomonidan buzilgan munosabatlarni tiklashda Baydenning jamoasiga yordam berish uning uchun katta sharaf ekanini, aytib oʻtgan edi.

Xaaland Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke shahri yaqinida yashovchi Laguna Pueblo hind qabilasining aʼzosi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер