AQSH Tayvanga razvedkachi dronlarni yetkazib beradi
Foto: Reuters
AQSH hukumati Tayvanga 345 million dollarlik harbiy yordam paketi doirasida toʻrtta "MQ-9A" razvedkachi dronni beradi. Bu haqda "Focus Taiwan" oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.
Manbada yetkazib berishning aniq sanalari aytilmagan. Negaki, hozirda amerikalik mutaxassislar dronlarni eng ilgʻor uskunalar bilan demontaj qilmoqda. Yordam paketiga oʻquv dasturlari va oʻq-dorilar ham kiradi.
Ushbu xabarga Tayvan mudofaa vazirligi izoh bermadi.
13-avgust kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligining oʻzini oshkor qilmagan rasmiysi Tayvan boʻgʻozidagi keskinlikning asosiy sababi sifatida AQSHning Taypeydagi maʼmuriyatni qoʻllab-quvvatlashi va Tayvanni Xitoyga qarshi qoʻyish istagini tilga oldi. Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vashington Tayvanga munosabatini zudlik bilan oʻzgartirishi kerakligini aytdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring