AQSH suv osti kemasi Rossiya hududiga kirib keldi — Rossiya mudofaa vazirligi

22:21 12 Fevral 2022 Dunyo
3475 0

Foto: U.S. Navy

Rossiya hududiy suvliklari boʻlgan Kuril oroliga AQSHning “Virjiniya” toifasidagi suv osti kemasi kirib kelgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Manbada AQSH suv osti kemasi Rossiyaning hududiy suvlariga kirib keldi. Shu bilan birga, kema dastlab rus harbiylarining rus va ingliz tillaridagi ogohlantirishlariga eʼtibor bermadi, deyiladi.

Shundan soʻng Rossiya davlat chegarasini suv osti muhitida qoʻriqlash boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq Tinch okean floti «Marshal Shaposhnikov» fregati ekipaji tegishli vositalarni qoʻllagan, — deyiladi vazirlik xabarida. 

Keyin AQSH suv osti kemasi tezlik bilan Rossiya hududiy suvlarini tark etgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер