AQSH sudi 60 ming migrantni deportatsiyadan himoyalashni bekor qilish jarayonini maʼqulladi

20:57 10 Fevral 2026 Dunyo
465 0

AQSH federal apellyatsiya sudi hukumatga Gonduras, Nikaragua va Nepaldan boʻlgan 60 ming nafar migrant uchun deportatsiyadan vaqtinchalik himoyani bekor qilish jarayonini davom ettirishga ruxsat berdi. Bu haqda The New York Times xabar qildi.

NYT ushbu sud qarorini Donald Tramp maʼmuriyatining “oʻz vatanlaridagi inqirozlardan qochib kelgan migrantlar uchun moʻljallangan dasturni cheklash yoʻlidagi intilishlaridagi gʻalabasi” deb baholadi.

Avvalroq, may oyida AQSH Oliy sudi ham hukumatga xuddi shu dastur doirasida 350 ming nafar venesuelalik migrantlarni vaqtinchalik himoya maqomidan mahrum etish huquqini bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер