AQSH o‘zining asosiy dushmanini e’lon qildi

13:14 01 May 2018 Dunyo
4053 0
Foto: Вести

AQSHning eng asosiy va qo‘rqinchli dushmani Rossiya yoki Xitoy emas, balki uni texnik inqirozga tobora yaqinlashtirayotgan o‘zining davlat qarzlaridir.

Mahalliy “National Interest” jurnalining yozishicha, Kongressning byudjet bo‘yicha boshqarmasi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning davlat qarzlari bugungi kunda YaIMning 1,6 foizini tashkil etadi. Bu federal kirimning bor-yo‘g‘i 9,4 foiziga tengdir. 

Biroq tahlilchilarning aytishicha, 2022 yilga kelib mazkur raqamlar mos ravishda 2,7 va 16 foizga o‘sadi. Agar voqealar eng yomon ssenariy bo‘yicha rivojlansa, qarzlar federal kirimning 20 foizigacha ham yetishi mumkin. 

Bu amerikaliklar ishlab topgan har beshinchi dollarini qarzni to‘lash uchun berishiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер