AQSH Kongressi aʼzosi Jo Bayden maʼmuriyatini oʻz xalqi bilan urushayotganlikda aybladi
Foto: Reuters
Amerika Kongressi AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini moliyalashtirishdan mahrum qilishi kerak, chunki Oq uyning muhojirlar bilan bogʻliq masalalarda harakatsizligi oʻz xalqiga qarshi urushdir. Bu fikrni Kongressning Texas shtatidan vakili Chip Roy “Fox Business” telekanalida aytib oʻtdi.
“Bu muammoni hal qilish mumkin, ammo hozirgi maʼmuriyat buni qilishdan bosh tortmoqda, shuning uchun Kongress oʻz ishini bajarishi va Amerika xalqiga qarshi urush olib borayotgan institutlarni moliyalashtirishni toʻxtatishi kerak”, deydi siyosatchi.
Kongressmen, shuningdek, noqonuniy muhojirlar bilan bogʻliq muammoni tez va insoniy tarzda hal qilish mumkinligini aytib, Bayden maʼmuriyati zoʻravonlikka uchragan va jinsiy qullikka tushib qolgan muhojirlar fojiasiga koʻz yumayotganini taʼkidladi.
AQSH Chegara va bojxona xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil oktyabridan 2022-yil iyuligacha AQSH janubi-gʻarbiy chegaralarini kesib oʻtish chogʻida qoʻlga olingan noqonuniy muhojirlar soni bir million 946 ming kishini tashkil qilgan.
Avvalroq, Nyu-York rasmiylari Texas gubernatori Greg Ebbotning muhojirlarga nisbatan munosabatini gʻayriinsoniy, deb hisoblagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring