AQSH Xitoy va Gonkongning beshta kompaniyasiga qarshi sanksiya joriy etdi

20:34 02 Noyabr 2023 Dunyo
277 0

Illyustrativ foto

AQSH moliya vazirligi Xitoy va Gonkongning beshta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Moliya vazirligi Xitoy va Gonkongning beshta firmasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Tegishli hujjat Amerika moliya departamenti saytida chop etildi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, cheklov choralari Xitoyning uchta kompaniyasiga taʼsir koʻrsatdi: “Beijing Jiahehengde Technology Company Limited”, “Beijing Shangyixianda Technology Company Limited” va “China Taly Aviation Technologies Corp”. Shuningdek, ikkita Gonkong kompaniyasiga sanksiya qoʻllanildi: “Bestop Globle Mfg Limited” va “Neway Technologies Limited”.

Aniqlik kiritilishicha, yuqoridagi korporatsiyalar texnologik va sanoat sohasida faoliyat olib boradi.

Shu yilning 20-oktyabr kuni AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qoʻshma Shtatlar uch Xitoy kompaniyasiga bir tomonlama sanksiyalar joriy etishga qaror qilganini, chunki ular ballistik raketalarni ishlab chiqarish uchun materiallar yoki texnologiyani Pokistonga oʻtkazganini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер