AQSH Xitoy bilan bogʻliq muammolar tufayli Avstraliyada oltita qiruvchi samolyotini joylashtiradi

23:17 01 Noyabr 2022 Dunyo
1023 0

Foto: Reuters

AQSH Xitoy bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli Avstraliyada 6 ta “B-52 Stratofortress” rusumli harbiy samolyotlarini joylashtiradi

AQSH Shimoliy Avstraliyadagi aviabazaga oltitagacha yadroviy quvvatga ega “B-52 Stratofortress” bombardimon samolyotlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berdi.

Bu qaror Xitoy rasmiylari bilan munosabatlardagi murakkabliklar fonida qabul qilindi, deyiladi manbada. Gap Avstraliya shimoliy hududi poytaxti Darvindan 300 kilometr janubda joylashgan Tindal bazasi haqida bormoqda.

Agentlik eslatganidek, avvalroq Avstraliya Mudofaa vazirligi vakili “The Wall Street Journal” nashriga Qoʻshma Shtatlar Ketrin shahri yaqinida samolyotlar toʻxtash joyi qurilishini ham moliyalashtirayotganini aytgan edi. U oltitagacha shunday bombardimonchi samolyotni sigʻdira oladi.

Bundan tashqari, ABC nashrining xabar berishicha, Qoʻshma Shtatlar Avstraliyada yadro qurolini olib yurishga qodir oltita “B-52” strategik bombardimonchi samolyotlari uchun baza quradi. Nashr bu qarorning Xitoyning Janubi-Sharqiy Osiyodagi faoliyati bilan bogʻliqligini aniqlamagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер