AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori oʻzbekistonlik oʻquvchilar bilan uchrashdi
Bugun AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi 5-son maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Samanta Pauer ingliz tili darsida qatnashib, yangi metodikalar hamda USAID koʻmagida yaratilgan yangi avlod ingliz tili darsliklaridan oʻquvchilarning olgan tassurotlari bilan tanishdi.
Shuningdek oʻquvchilar bilan suhbat jarayonida ularning qiziqishlari va kelajakda oʻzlashtirmoqchi boʻlgan kasblari haqida suhbatlashdi.
Tashrif yakunida Samanta Pauer kelgusida ham USAID tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim islohotlari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring