AQSH Isroilga bergan qurollaridan urush qonunlariga muvofiq foydalanishga chaqirdi
Foto: aa.com.tr
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga berilgan Amerika qurollaridan insonparvarlik qonunlari va urush qonunlariga muvofiq qanday foydalanayotganini koʻrish Vashington uchun muhim ekanini taʼkidlab, yahudiy davlatini shunga muvofiq harakat qilishga chaqirdi.
“Biz koʻrsatadigan har qanday harbiy yordam talablarga boʻysunadi, shu jumladan bu qurollar xalqaro gumanitar huquq va urush qonunlariga muvofiq qoʻllanilishi kerak”, dedi Blinken.
Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari Qoʻshma Shtatlar ushbu talablar bajarilishini diqqat bilan kuzatib borishiga ishontirdi. U buni jiddiy qabul qilish kerakligini taʼkidladi.
Avvalroq, “The Washington Post” nashri manbalarga tayanib, Isroil Livanga qarshi keng koʻlamli operatsiyani boshlasa, Yaqin Sharqdagi mojaroda gʻalaba qozonishda qiynalishi haqida xabar bergan edi.
Bungacha, “Politico” gazetasi AQSH Yaqin Sharqda urushga tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.
Nashr suhbatdoshlari, jumladan, Oq uyning yuqori martabali mulozimiga koʻra, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Qoʻshma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi yangi urushda ehtimoliy ishtiroki ssenariylarini muhokama qilmoqda.
“AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Falastin — Isroil mojarosining Yaqin Sharqda yangi urushga olib kelishi mumkin boʻlgan kuchayishiga hozirlik koʻrmoqda”, deyiladi gazeta xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring