AQSH Iroqdagi qoʻshinlarini qisqartiradi
AQSH hukumati Iroqdagi harbiy kontingenti sonini uchdan bir qismini mamlakatdan olib chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Vashingtonning ushbu maqsadi haqida The Wall Street Journal nashri rasmiy manbalariga tayanib xabar berdi.
Bugungi kunda Iroqda amerikalik 5,2 mingga yaqin harbi bor. Qisqartirishdan soʻng ularning soni 3,5 ming nafar boʻladi.
Bundan oldin Oq uy amaldorlaridan biri AQSH 2003-yildan buyon Iroqda boʻlib turgan qoʻshinlarini olib chiqishda davom etishini maʼlum qilgandi. Biroq bu boradagi muddat va harbiylar soni aniq belgilab olinmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring