AQSH fuqarosi 101 yoshida oʻrta maktab tugatganlik haqidagi attestatni oldi
Foto: abcnews.go.com
AQSH fuqarosi 101 yoshida oʻrta maktabni tugatganlik haqidagi attestatni oldi. U 1930-yillarda maktabni tashlab ketishga majbur boʻlgan. Shunga qaramay oradan 80 yil oʻtib, u maktabni tugatib qoʻyishga ahd qilgan.
Merrill Kuper 1938-yilda maktabni tashlab ketishga majbur boʻladi. Chunki u va onasi moliyaviy sabablarga koʻra Filadelfiyaga koʻchib oʻtishadi. Merrill 2018-yilda taʼlim muassasasiga sayohat qiladi va maktabni tugata olmaganidan afsusda ekanini bildiradi.
Bu soʻzlardan soʻng Merrillning qarindoshlari maktab rahbariyati bilan bogʻlanib, u oʻqishni tugatishi mumkinmi, deb soʻrashgan.
Maktab rahbariyati Merrillning bu iltimosini yerda qoldirmagan va 2022-yilda u maktabni tugatganlik haqidagi attestatni oldi. Bundan tashqari, Merrill Kuper uchun bitiruv marosimi ham tashkil etilgan va unga oilasi taklif qilingan.
«Biz bu orzuni roʻyobga chiqarish sharafiga muyassarmiz», deyiladi maktab bayonotida.
Avvalroq, AQSHda 87 yoshli bobo va nabira bir kunda universitetni tamomlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring