AQSH Yevropada 10,5 ming askarini joylashtirishga tayyorlanmoqda
Foto: AP
AQSH Yevropada 10,5 ming askarini joylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi aytib oʻtdi.
Uning maʼlum qilishicha, AQSH yaqin oylarda rotatsiya doirasida Yevropada 10,5 mingga yaqin amerikalik askarni joylashtiradi. Bu harbiy avval joylashgan armiya boʻlinmalarini almashtiradi. Ushbu jarayon bir necha oy davom etadi.
Shuningdek, AQSH harbiy departamenti vakili bu harbiylar “Ukrainada jang qilmasligini” taʼkidlab oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH Kongressiga AQSH Qurolli kuchlarini Ukrainaga yuborish taklifi kiritilgan edi.
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi. Bu qaror AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllanishiga sabab boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring