AQSH Eronga qarshi operatsiya uchun har kuni 900 million dollar sarflamoqda

10:56 11 Mart 2026 Dunyo
419 0

AQSH Eronga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazish uchun har kuni 900 million dollar mablagʻ sarflamoqda. Bu haqda Amerika Senatidagi respublikachilar yetakchisi Jon Tun maʼlum qildi, uning soʻzlaridan “Interfaks” iqtibos keltirmoqda.

“Bu juda katta raqam, lekin menimcha, biz yaxshi pozitsiyadamiz. Biz oʻz maqsadlarimizga erishmoqdamiz. Bu bajarilishi lozim boʻlgan muhim missiya va u yaqin orada yakunlanishiga umid qilaman”, — dedi Tun.

Avvalroq xorijiy OAV AQSH qurolli kuchlarining Eronga bergan ilk zarbalari ishlatilgan oʻq-dorilar qiymati bilan hisoblaganda 5,6 milliard dollarga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shu hafta Oq uy mudofaa uchun qoʻshimcha byudjet soʻrashi kutilmoqda, ushbu mablagʻ miqdori oʻnlab milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер