AQSH elchisi: «O‘zbekiston Prezidenti yoshlarni ingliz tiliga o‘qitish masalasiga alohida ahamiyat qarayotganini olqishlayman»
AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik O‘zbekiston – AQSH sog‘liqni saqlash haftaligi doirasida yirik anjumanda so‘zlagan nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarni ingliz tiliga o‘qitish masalasiga alohida ahamiyat qarayotganini olqishladi.
— O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq tarixga ega. Biz sog‘liqni saqlash sohasida nafaqat bugungi kundagi muammolar, balki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasida ham hamkorlik qilyapmiz. O‘zaro aloqalarimiz farmasevtika, laboratoriya tadqiqotlari, kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, bu hamkorligimiz ham davlat tashkilotlari darajasida, ham xususiy sektorda jadal rivojlanyapti. AQSHning xususiy kompaniyalari mamlakatingizga investisiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, o‘zaro bilim va tajriba almashish maqsadida davlatlarimiz tibbiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvlar, ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
Men O‘zbekiston Prezidenti yoshlarni ingliz tiliga o‘qitish masalasiga alohida ahamiyat qarayotganini olqishlayman. Bu tibbiyot sohasida ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi, deya ta’kidladi Henik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring