AQSH dengiz piyodalariga vazn tashlash buyurildi

18:10 28 Fevral 2026 Dunyo
1055 0

AQSH dengiz piyodalari korpusi harbiylariga vazn tashlash topshirigʻi berildi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.

Yangi buyruqqa koʻra, AQSH dengiz piyodalari korpusi askarlarining bel atrofi boʻyining maksimal 52 foizini tashkil etishi kerak. Yangi standartda belning boʻyga nisbati mezon sifatida ishlatilishi belgilangan.

Mazkur cheklov avvalgi 0,55 foizdan 0,52 foizga oʻzgartirilib, endilikda 1,70 metr balandlikdagi askarning bel aylanmasi 88,4 santimetr boʻlishi kerak. Avvalgi koʻrsatkich aynan shunday boʻyga ega askar uchun 93,5 santimetrni tashkil qilgan.

“Task & Purpose” harbiy jurnaliga koʻra, ozgʻin dengiz piyodalari koʻpincha jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yaxshiroq natijalarga erishadi.

“Dengiz piyodalari korpusi jismonan baquvvat jangchilarni rivojlantirishga sodiq qoladi”, — deydi General Erik Smit.

Yangi qoidalarga koʻra, belgilangan normalardan oshib ketgan askarlar darhol qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtishlari shart boʻladi. Ularning tana yogʻ foizi oʻlchanadi va jismoniy tayyorgarlik test natijalari qayta koʻrib chiqiladi. Tana yogʻ foizi erkaklar uchun 26 foizdan va ayollar uchun esa 36 foizdan oshmasligi lozim.

Yangi standartlar AQSH mudofaa vaziri Pit Hegsetning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha direktivasiga asoslangan boʻlib, yangi bel atrofi oʻlchovi yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga ham xizmat qilishi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер