AQSH bozoriga “kalit” olindi
Oʻzbekistondagi 10 dan ortiq toʻqimachilik kompaniyalari xalqaro WRAP (Worldwide Responsible Accredited Production) standarti sertifikatiga ega boʻldi.
UZTEX kompaniyalar guruhi Oʻzbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoda ushbu standartni olgan birinchi korxona boʻldi. WRAP sertifikati ijtimoiy standartlarning eng murakkablaridan biri boʻlib, UZTEX Group dagi ishlab chiqarish AQSHga mahsulot eksport qilish uchun zarur boʻlgan barcha ijtimoiy meʼyor va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Ayni paytda yana 10 ta korxona WRAP sertifikatini olish bosqichida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring