AQSH arab davlatlarining Gʻazodagi mojaroni hal qilish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar berdi

17:14 19 Yanvar 2024 Dunyo
561 0

Foto: Reuters

Arab davlatlari tomonidan ishlab chiqilgan Gʻazo sektoridagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha Falastin davlatini yaratish va Saudiya Arabistoni tomonidan Isroilni tan olish yoʻlida harakat qilish taklifi, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligida Vazirlar Mahkamasida “qoqilgan”. Bu haqda “Bloomberg” manbalariga tayanib yozmoqda.

“Beshta arab davlati pinhona Gʻazoda urushdan keyingi kelishuv haqida gapirmoqda, bunda ularning AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi taʼminlangan. Muammo shundaki, kelishuv bogʻliq boʻlgan isroilliklar bunga rozi emas”, — deyiladi nashr.

Taʼkidlanishicha, uning mualliflari mintaqadagi uzoq muddatli xavfsizlikni taʼminlash uchun eng maqbul yechim deb atagan taklifga “hozirda erishib boʻlmaydi”.

“Bloomberg” bilan suhbatlashgan koʻplab rasmiylardan ikkitasi, Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning oʻng qanot koalitsiyasi hokimiyatda qolar ekan, bu jabhada oldinga siljish boʻlmaydi degan.

Qayd etilishicha, kelishuv rejasini ishlab chiqishda ishtirok etgan davlatlar qatorida Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Misr va Iordaniya ham bor.

Bungacha Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid Falastin milliy maʼmuriyati kelajakda urushdan keyingi Gʻazo sektorini boshqarishda rol oʻynashi mumkinligini tan oldi.​

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер