AQSH Afgʻonistonga qoldirib ketgan hamma narsani “Tolibon”dan qaytarib olishi kerak — Donald Tramp

02:16 31 Avgust 2021 Dunyo
775 0

Foto: Reuters

AQSH Afgʻonistonga qoldirib ketgan hamma narsani “Tolibon” harakatidan qaytarib olishi kerak.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga koʻra, gap bu yerda Afgʻonistonga qoldirib ketilgan qiymati 85 milliard dollarga teng texnika va uskunalar haqida ketmoqda.

Uning fikricha, agar “Tolibon” ularni qaytarishni istamasa, AQSH bu jihozlarni yoʻq qilishi yoki ularni olish uchun armiya yuborishi kerak.

“Agar ular («Tolibon”) qaytarmasa, harbiy kuch bilan borib, ularni olish yoki hech boʻlmaganda portlatib yuborish kerak», deydi Tramp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер