Aprelda “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi

21:34 31 Mart 2025 Jamiyat
385 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H. Umarova o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi.

“Ta’lim uchun qilinayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va oxirgi vaqtlar OTMlar ham bu masalada juda faol! Xususan, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi. E’tiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin ekan. Bu esa bitiruvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat.

1-o‘rin — “Damas” avtomobili (3 dona)

2-o‘rin — 20 mln. so‘m (3 nafar o‘quvchiga)

3-o‘rin — 10 mln. so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.

Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham o‘quvchilarimizning o‘z ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi” deyiladi vazir xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер