Aprel — “Amir Temur oyligi”

14:38 07 Aprel 2026 Jamiyat
246 0

Mamlakatimiz boʻylab buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan “Amir Temur oyligi” doirasida keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Oʻzbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan ushbu sanaga bagʻishlab Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida “Adolat fasli” spektakli sahnalashtirildi. Mazkur spektakl shu kunlarda Samarqand viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilmoqda.

Bosh rol, yaʼni Amir Temur rolini Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rustam Karimovlar ijro etgan.

Adolat fasli — Sohibqironning hayotidagi kichik, ammo zalvorli bir epizoddan iborat sahna asari. Unda buyuk jahongir 28 davlatni birlashtirgan shaxs sifatida yirik imperiyaga asos solishi doim adolatni mezon qilib olishi evaziga bunyod etilgani haqdagi fikr singdirilgan.

“Amir Temur oyligi” doirasida viloyatdagi taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, korxona va tashkilotlar hamda mahallalarda temurshunos olimlar va sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda badiiy-maʼrifiy tadbirlar ham oʻtkazilmoqda.

Ulardan koʻzlangan asosiy maqsad Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilishga qaratilgan.

“Amir Temur oyligi” — buyuk ajdodimiz merosini chuqur oʻrganish, yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy gʻururni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер