“Apple” qurilmalari saratonga sabab boʻlishi mumkin
Texnogen gigant mahsulotlari tarkibida onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar mavjudligi aniqlandi.
Gap shunda-ki, foydalanuvchilar kompaniya rasmiy veb-saytidagi magnitli zaryadlash qurilmasi boʻlgan “Belkin BoostCharge Pro” poverbank sahifasida xavf ogohlantirishiga duch kelgan.
Qayd etilishicha, kompaniya mahsulotlari tarkibida onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar mavjud. Bu haqda kompaniyaning oʻzi maʼlum qildi.
Bu yerda gap plastikni qattiq qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy modda — bisfenol A (BPA) haqida bormoqda.
Bu modda inson organizmida gormonal fonning buzilishiga olib keladi va reproduktiv tizim bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, ushbu zaryadlash qurilmasini sotish hali ham taqiqlanmagan.
Plastik mahsulotlar ishlab chiqarishda BPA qoʻllanilishi sababli ushbu materialdan tayyorlangan gʻiloflar ham xaridorlarda xavotir uygʻota boshladi.
BPAning xavflilik muammosini uning bisfenol S (BPS) va bisfenol F (BPF) kabi tijorat oʻrinbosarlari ham hal qila olmadi, chunki ular ham xuddi shunday zaharli ekanligi maʼlum boʻldi.
“Bu bisfenollardan foydalanish inson va hayvonlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkinligi sababli toʻxtatilishi kerak”, — dedi Elche shahridagi Migel Ernandes universiteti professori Xose Vilyalin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring