“Apple” oʻz mahsulotlariga sunʼiy intellektni joriy etishni rejalashtirmoqda

12:56 14 May 2023 Dunyo
1122 0

Mutaxassislarning fikriga koʻra, “Apple” iyun oyida chiqarmoqchi boʻlgan “iOS 17”ga “Health” ilovasi bilan bogʻliq yangi sunʼiy intellekt sozlamalari qoʻshiladi.

Unda kayfiyatni kuzatish, elektrokardiogramma, “miyopi”, retseptlar va shifokorlarning laboratoriya tekshiruvlari natijalarini kuzatish uchun yangi sozlamalar mavjud.

Kelgusi yilda esa “iOS 17”ga sogʻliqni saqlash boʻyicha mutaxassis tavsiyalarini berib boruvchi ilovani qoʻshish rejalashtirilgan.

Ilova onlayn tarzda qoʻshimcha haq evaziga xizmat koʻrsatib, foydalanuvchilarga jismoniy mashqlar qilish, individual oʻquv dasturlarini yaratish, ovqatlanishni nazorat qilish va uyquni yaxshilash choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar berib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер