“Apple” “iPhone 14” smartfonlarida klassik kameradan voz kechmoqda

23:44 23 May 2022 Dunyo
1243 0

Foto: Technizo Concept

Amerikaning “Apple” kompaniyasi “iPhone 14” smartfonlari uchun Xitoy yetkazib beruvchilarining klassik old kamerasidan foydalanishdan bosh tortgan.

Koreyaning “ETNews” nashrining yozishicha, “Apple” giganti yangi avlod smartfonlari ishlab chiqarishda “LG”ning shoʻba korxonasi boʻlgan “LG Innotek” bilan hamkorlik qiladi.

Qayd etilishicha, “Apple” birinchi marta Janubiy Koreya kompaniyasining yangi old kamerasidan foydalanadi. Amerika kompaniyasi “LG Innotek”ni ishlab chiqarishda qoʻllaydigan butlovchi qismlarning sifati yuqori boʻlgani uchun tanlagan.

Avval “Apple” Xitoy ishlab chiqaruvchisi va Yaponiyaning “Sharp” kompaniyasining old kameralariga buyurtma berishni afzal koʻrgan. Ammo “iPhone 14”ni yigʻishda old kameralar yetkazib berishni “LG” va “Sharp” oʻrtasida taqsimlashga qaror qilingan.

Avvalroq Xitoyning “BOE” displey ishlab chiqaruvchisi “Apple” kompaniyasidan “iPhone 14” smartfonlari uchun OLED panellar ishlab chiqarish boʻyicha buyurtma olmagani haqida xabar berilgan edi. Bunga “iPhone 13”ning displey dizaynidagi oʻzgarishlarni “Apple” bilan kelishmagani sabab sifatida koʻrsatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер