Apple buklanadigan va yupqaroq iPhone smartfonlarini chiqarishni rejalashtirmoqda
Apple kompaniyasi ultra yupqa iPhone, shuningdek, buklanadigan qurilmalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi kompaniya dizayn va formatda bir qator yirik oʻzgarishlarni tayyorlayotgani haqida xabar berdi.
Nashrning yozishicha, yangi modellar kamera tizimini soddalashtirish hisobiga hozirgi 8 mm dan kichikroq boʻlishi mumkin. Yangilangan versiya Proʻlardan arzonroq boʻlishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, yigʻiladigan qurilmalardan biri noutbuk sifatida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, uning ekrani deyarli 19 dyuymgacha (48 santimetrdan sal koʻproq) buklanadi. Ikkinchisi iPhone funksiyalarini bajarish uchun moʻljallangan. WSJ maʼlumotlariga koʻra, yangi mahsulotlar 2025-yildan boshlab taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring