Antonio Espinos Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi

11:29 26 Oktyabr 2022 Dunyo
846 0

Bugun Turkiyaning Konya shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionati start oladi. Musobaqadan avval Butunjahon karate federatsiyasining Kongressi oʻtkazilib, unda tashkilot prezidentligiga saylov boʻlib oʻtdi.

Xalqaro tashkilot rahbarligiga birgina uning amaldagi prezidenti Antonio Espinosning nomzodi ilgari surildi. Deyarli barcha milliy federatsiyalar ushbu nomzodni qoʻllab-quvvatlashdi va A.Espinos yana 6 yil muddatga WKF prezidenti etib saylandi.

Maʼlumot uchun, ispaniyalik ushbu mutaxassis 1998-yildan buyon Butunjahon karate federatsiyasini boshqarib kelmoqda. Bugun boshlanadigan dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi ham 16 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер