“Antistrumin” ishi doirasida 3 nafar tibbiyot xodimi qamoqqa olindi
Oliy sud matbuot xizmati rahbarining Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, 2023-yil 7-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining ajrimi bilan quyidagilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan:
— Yo.X.Toʻraqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari F.H.;
— ushbu markaz laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar bosh endokrinologi N.A.;
— 16-noyabr kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi H.Gʻ.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring