Antiqa buyumlar doʻkonidan sotib olingan granata portlab ketdi
AQSHning Virjiniya shtatidagi antiqa buyumlar doʻkonidan sotib olingan granata portlashi natijasida 12 yoshli oʻspirin vafot etdi. Bu haqda “CBS News” nashri xabar bermoqda.
Ushbu portlash sababi oʻrganilganda granata tarkibida portlovchi moddalar borligi aniqlandi.
Mahalliy OAV xabarida aytilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari iyun oyida antiqa buyumlar savdo markazida sotilgan granatalardan tashvishda. Ular tarkibidagi portlovchi moddalar jamoatchilik uchun oʻta xavfli ekanligi aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring