Anor sogʻliq uchun foydali
Anor vitaminlarga boy va inson salomatligi uchun katta foydaga ega. Yorqin va sersuv meva S, R vitaminlariga boy. Shuningdek uning tarkibida V guruhi vitaminlari V6 va V12 hamda kaliy, kalsiy, fosfor va temir minerallari ham bor. Vitaminlarning bunday birikmasi asab tizimi uchun foydali.
Anor tarkibida dezinfeksiya taʼsirini koʻrsatuvchi moddalar boʻlib, u ichak buzilishlari, ich ketishiga qarshi kurashishda yordam beradi.
Anor yoshlik mevasi deb ataladi. Bu uning tarkibidagi antioksidantlar miqdorining koʻpligi bilan bogʻliq.
Pishgan anorning qobigʻida kuchli antigelmintik taʼsirga ega pelterin, izopelterin va metilizopelterin alkaloidlari mavjud.
Gijjalardan qutulish uchun 40-50 g maydalangan anor poʻstlogʻini 400 g sovuq suvga soling va 6 soatdan keyin suyuqlikning yarmi bugʻlanib ketguncha past olovda qaynating. Qaynatmani oz-ozdan bir soat davomida iching.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring