Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogining toʻrtinchi bosqich oʻyinlari davom ettirildi

13:59 16 Fevral 2026 Sport
366 0

Kecha, 16-fevral kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogining toʻrtinchi bosqich oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda Premyer liga yetakchisi “Arsenal” klubi oʻz maydonida uchinchi divizion vakili “Vigan” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 4:0 hisobida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Taʼkidlash joizki, London klubi birinchi boʻlimning oʻzidayoq oʻyin taqdirini hal qilib boʻldi.

Hisob 11-daqiqada Noni Madueke tomonidan ochildi. 18-daqiqada Gabriel Martinelli hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. 23-daqiqada “Vigan” himoyachisi Jastin Xant oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 28-daqiqada esa Gabriel Jezus uchrashuvdagi soʻnggi golga mualliflik qildi.

Ikkinchi boʻlimda hisob oʻzgarmadi. Shu tariqa “Arsenal” Angliya kubogining keyingi bosqichiga chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер