Angela Merkel oʻz hayoti haqida kitob yozishga qaror qildi
Foto: Der Spiegel
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel oʻz hayoti haqida kitob yozmoqchi ekanini maʼlum qildi. Sobiq kansler asarni oʻzining maslahatchisi boʻlib ishlagan Beate Baumann bilan birga tayyorlaydi, deya xabar berdi "Der Spiegel" nashri.
Merkel ushbu kitobni tayyorlashda jurnalistlar va tarixchilarning yordamidan foydalanmasligini taʼkidlagan. Baumanning hisob-kitoblariga koʻra, qoʻlyozmani tayyorlash taxminan uch yil davom etadi.
“Kansler butun hayotini emas, aksincha, asosiy siyosiy qarorlarni qabul qilishdagi holatlarni, eng muhim vaziyatlarni bayon etmoqchi”, — deydi Baumann.
Sobiq kansler kitobda yoritmoqchi boʻlgan mavzular qatorida COVID-19 pandemiyasi, shuningdek, migratsiya va moliyaviy inqiroz masalalari ham bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring