Andijonning ikki tumanida “valyutchik”lar ushlandi

21:23 16 Dekabr 2024 Jamiyat
311 0

Foto: Prokuratura departamenti

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat va Buloqboshi tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.K. Buloqboshi tumani Guliston MFY hududida fuqaro Sh.E.ga 3 100 dollarni 39,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 5 250 dollari, 94 850 Rossiya rubli, 1 000 Qirgʻiz somi va 50 Yevro ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер