Andijonning ikki tumanida 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

08:27 25 Noyabr 2024 Jamiyat
239 0

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

Andijon viloyatida 966 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “T.T.” MChJ mas’ul shaxslari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab, 630 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Andijon tumani “B.Ch.” va “O.R.” xususiy korxonalari mas’ul shaxslari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 366 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер