Andijonliklarga bayram tuhfasi

17:24 19 Mart 2025 Jamiyat
195 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Navroʻz bayrami arafasida andijonliklar uchun munosib bayram tuhfasi tayyorlandi. Viloyat markazidagi 14 ta manzilida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarining tashkil etilishi aholiga manzur boʻlmoqda.

— Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasidagi narxlar bozor narxidan oʻrtacha 30 foizga arzonligi bilan ahamiyatli, — deydi “Boʻston” mahallasida yashovchi Ziyodillo Ahmadaliyev. — Qolaversa, shundoqqina turarjoyimiz yaqinida faoliyat olib boradi. Ham pulimizni iqtisod qilyapmiz, ham vaqtimiz tejalyapti.

Ushbu yarmarkalarda 36 turdagi mahsulotlarni sotib olish imkoni mavjud. Shuningdek, doshqozonda qaynagan sumalak, bayram dasturlari hamyurtlarimiz kayfiyatini koʻtarmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер