Andijonlik jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga oʻquvchilari "Damas" sovgʻa qildi

17:45 13 Noyabr 2021 Jamiyat
1055 0

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Botirjon Muqimov 39 yildan buyon bir maktabda tuman yoshlariga jismoniy-tarbiya va sogʻlom hayot sirlaridan saboq berib kelmoqda. U uzoq yillik oʻqituvchilik faoliyati davomida koʻplab takliflarni rad etgan.

“Men uchun maktabda bolalar davrasida ularni jismonan sogʻlom qilib tarbiyalash eng asosiy vazifadir, men ham doimo ustozlarimni ardoqlab kelardim, ming shukrki, bugun shogird sifatida qilgan xizmatlarim, oʻz oʻquvchilarim tomonidan yanada ziyoda boʻlib oʻzimga qaytdi” — deya taʼkidlaydi qahramonimiz.

Oʻndan ortiq sport ustalari, yigirmadan ortiq respublika chempionlarini yetishtirib chiqargan B. Muqimovning fidokorona xizmatlariga minnatdorlik tariqasida uning tavallud kuniga shogirdlari tomonidan “Damas” avtomobili sovgʻa qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер