Andijonlik fermerlar himmatidan koʻngillar shod

12:39 07 Iyul 2025 Jamiyat
203 0

Saminjon HUSANOV. / «Xalq soʻzi»Andijon viloyatida joriy yil mavsumida bugʻdoydan yuksak xirmon yaratildi. Hosil choʻgʻidan ruhlangan saxovatli fermerlar ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqishdi. Ular tomonidan 45 mingga yaqin oilalarga 100 kilogrammdan bugʻdoy, 30 donadan somon bogʻlami va bugʻdoydan boʻshagan yerdan dehqonchilik qilishlari uchun 10–15 sotixdan maydon ajratib berildi.

— Bu saxovat kishini nafaqat ruhlantiradi, balki bugunidan rozi boʻlib, ertangi kuniga ishonch bilan yashash hissini beradi, — deydi Andijon tumanida yashovchi fuqaro Tolibjon Zokirov. — Masalan, menga ajratilgan 100 kg bugʻdoy tufayli dasturxonimizda issiq non arimayapti. 15 sotix yerda esa ekin ekib, daromad qilish imkoniyatiga ega boʻldim. Mana shunday eʼtibor insonni oʻzini qadrli his qilishga undaydi.

Mazkur amaliy yordamlar kambagʻallikni qisqartirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Albatta, bu xayrli tashabbus “Birlikda baraka bor” degan hayotiy falsafani yana bir tasdigʻidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер