“Andijon”dan magʻlubiyat, “Xorazm”dan gʻalaba

08:05 04 Aprel 2026 Sport
155 0

Kecha, 3-aprel kuni Oʻzbekiston Superligasining 5-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Xorazm” klubi oʻz maydonida “Dinamo”ni qabul qildi.

Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Azizbek Ahrorov mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida Ravshan Yagudin hisobiga yozildi. “Dinamo”ning javob goliga esa Til Mavretich mualliflik qildi.

Kunning ikkinchi bahsida “Navbahor” jamoasi “Mashʼal”ni qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida Namangan klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga “lochinlar”dan Diyor Xolmatov va Muhammadali Usmonov mualliflik qildi. “Mashʼal”ning javob goli esa Vlatko Stoyanovskiy hisobiga yozildi.

Kunning soʻnggi oʻyini Samarqandda boʻlib oʻtdi. Unda oʻz maydoni taʼmirlanayotgani sabab oʻz oʻyinlarini qoʻshni viloyatda oʻtkazayotgan “Nasaf” klubi “Andijon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida “ajdarlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Murodjon Rahmatov mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер