Andijondagi yongʻinda bir kishi halok boʻldi
Videodan kadr
Andijon viloyati Asaka tumanida fuqaroning yashash uyida tashkil qilingan avtoservisda sodir boʻlgan yirik yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat prokurori tomonidan tashkil etilgan guruh voqea joyiga borilgan holda oʻrganilgan.
Unda maʼlum boʻlishicha, Asaka tumani “Nematobod” MFY Yangiobod koʻchasi 42-uyda tashkil etilgan avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasida ishlovchi S. ismli shaxsni ehtiyotsizligi oqibatida yongʻin kelib chiqqan. Yongʻin oqibatida S. ismli shaxs hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Asaka tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring