Andijondagi qamoqxonada mahbuslar janjallashdi. Mahbuslardan biri vafot etgan
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 21-mart kuni soat taxminan 15:00 larda IIV huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida mahbus M.S. kamerada birga saqlanayotgan mahbus U.J. bilan oʻzaro janjal oqibatida bir-birlariga tan jarohatini yetkazishgan.
Mahbuslardan biri olingan jarohatlar oqibatida koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Yana bir mahbus muassasaga qarashli kasalxonada davolanmoqda.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring