Andijondagi avariyada ikki kishi halok boʻldi
Foto: yhxbb.uz
23-iyul, payshanba kuni Andijon viloyati Andijon tumanida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun soat 10:00 larda Andijon tumani Qurama MFY hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 485-kilometrida sodir boʻlgan.
1997-yilda tugʻilgan “Nexia-3” rusumli avtomashina haydovchisi F.A. transport vositasini boshqarayotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, haydovchi, 1980-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan. Ushbu vaqtda yana bir haydovchi, 1981-yilda tugʻilgan N.T. “Spark” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Nexia-3” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
Natijada, “Spark” haydovchisi A.A. hamda onasi 1958-yilda tugʻilgan F.A. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yoʻlovchisi 1986-yilda tugʻilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring