Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

17:45 30 Iyun 2025 Jamiyat
369 0

Videodan kadr

Andijon shahrida Yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 30-iyun kuni soat 16:00 da Andijon shahar “Pistamozor” MFY “Bobur shoh” koʻchasida sodir boʻlgan. Andijon viloyati FVBga MAN rusumli yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:07 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:09 da alangani oʻrab olgan va 16:22 da toʻliq oʻchirgan.

FVVga koʻra, hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер