Andijonda yana bir megaloyihaga kirishildi

14:12 14 Noyabr 2024 Jamiyat
545 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. “Yangi Andijon” shaharchasida yana bir yirik loyihaga asos solindi. Bu maskanda “Zhongge investment” xorijiy korxonasi tomonidan turarjoy majmuasi va koʻngilochar markaz qurilishi boshlandi.

— Loyiha qiymati 250 mln. dollardan iborat, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Muslimbek Ibrohimov. — 55 gektar maydonda 3000 ta zamonaviy uy-joylar, “Yangi Andijon” mehmonxonasi, jahon talablari asosidagi savdo majmuasi, brendlar uchun alohida savdo markazlari va xiyobon barpo etilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichi 2026-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер