Andijonda Tibbiyot instituti klinikasi negizida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil qilinadi

16:21 16 Fevral 2024 Jamiyat
321 0

Andijonga har yili 10 ming xorijiy sayyoh arzon va sifatli tibbiy yordam olish uchun keladi. Shu munosabat bilan kardio-, endo- va mikroxirurgiya yo‘nalishida tibbiy xizmat eksportini 2 barobar oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha 126 turdagi tibbiy uskuna bilan jihozlashga 7 million dollar jalb qilish topshirildi.

Viloyatda davolash va diagnostika xizmatlari oqilona joylashmagani ko‘rsatib o‘tildi. Birgina Andijon shahrida 1,5 kilometr radiusda 8 ta shifoxona joylashgan. 

Ularni klaster usulida birlashtirib, aholiga yanada qulay va sifatli tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etilib, Tibbiyot instituti klinikasi negizida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil qilish masalasini o‘rganish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер