Andijonda talabalar uchun avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Foto: Saminjon Husanov / Xalq so'zi
4-oktabrdan boshlab Andijon shahridagi mavjud oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlarida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bundan, tabiiyki, talabalar gʻoyatda xursand.
– Men Andijon davlat universitetida tahsil olaman, - deydi Maxliyo Roʻziyeva. – Viloyat markazidagi 3-kichik dahadan to universitetgacha ikkita “Damas”ga chiqishimga toʻgʻri kelardi. Avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgach, kunlik xarajatimdan 10 ming soʻm tejaydigan boʻldim. Bu bir oyda 200-300 ming soʻm yonimda qoladi, degani. Talabalar uchun avtobusda yoʻl haqi atigi ming soʻm.
Talabalarni ijtimoiy himoyalash, ularga qulaylik yaratish maqsadida kuni kecha Andijon viloyatiga 14 ta yangi avtobus olib kelindi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring