Andijonda suv tanqisligi sharoitida undan oqilona foydalanish choralari belgilanmoqda

15:25 02 Fevral 2024 Jamiyat
242 0

Izboskan tumanida suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Rustamjon Qarshiyev boshchiligida oʻtkazilgan sayyor qabulda qishloq xoʻjaligi sohasida suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va obihayotni yetkazib berish bilan bogʻliq muammolarga yechim izlandi.

— Oʻz oqimi bilan suv yetib bormaydigan “Chek yor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi fermer xoʻjaliklari ekinlarini sugʻorishda bir talay muammolar mavjud. Ayniqsa, ayni suv kerak paytda elektr oʻchishi yoki nasoslarning ishlamay qolishi qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. — deydi tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari Abdulatif Yusupov. — Sayyor qabul davomida fermer xoʻjaliklar rahbarlarining bu boradagi murojaatlari tinglandi va joyida oʻrganilib, zudlik bilan zarur chora-tadbirlar belgilandi. Har bir fermer xoʻjaligida sugʻorish ishlari oʻz vaqtida belgilangan meʼyor asosida tashkil etish uchun masʼullar biriktirildi.

70 nafardan ziyod fermer xoʻjaliklari va klaster rahbarlari ishtirok etgan ushbu tadbirda suv nasoslarining ishlash tizimi, ichki sugʻorish tarmoqlarining holati, zax qochirish kollektorlari va quduqlar bilan bogʻliq 20 dan ziyod murojaat ijobiy hal etildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер