Andijonda “Spark” bilan toʻqnashgan “Matiz” agʻdarilib ketdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon shahrida “Spark” va “Matiz” ishtirokida yoʻl-transport sodir boʻldi. Bu haqda Viloyat Yoʻl harakati boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 3-aprel kuni soat 12:15 larda Andijon shahar Milliy tiklanish koʻchasida yuz bergan. 58 yoshli haydovchi B.I. oʻzining “Matiz” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, belgilangan joydan chapga keskin burilib yuborishi oqibatida, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, agʻdarilib ketgan.
Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, biroq avtomashinalar texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring